Get Mystery Box with random crypto!

Shu rasmlardagi xabarlarni ohirigacha o’qing Ertalab bomdod | Mamura Akhmedovna

Shu rasmlardagi xabarlarni ohirigacha o’qing

Ertalab bomdod amalidan so’ng telefonimga mo’ralasam fresh xabar kelibdi. Ohirgi turgan smsga ko’zim tushdi. Shu xabarlarni yozgan ayol bilan dildan suhbat qurdik.

Man boshidan aytib kelayapman man mo’jizakor emasman, bunday hislatim yo’q. Balki unchalik bilimim ham tafakkurim ham yo’qdir Vallohu Alam. Ammo man Alloh qodir qilganicha har bir ayolga o’zini isloh qilishga, muammolar negizidagi yechimini topishga tafakkur bera olaman. Bu tafakkurni chuqur va man aytganimdek anglash uchun esa sizdan faqatgina farosat talab qilinadi halos

Hullas, bu qizimning xabaridan yig’ladim men ham. Yo’q, menga tilangan niyatlar yoki duolardan emas. Bir ayol o’zini isloh qilib o’zini baxtli qilishga harakat qilayotganidan, qalbi sakinat topayotganidan, bu dunyo xoxishlaridan uzilayotganidan ko’zlarimga yosh keldi…
Har bir ayol baxtli bo’lishi kerakku ahir

Sizam baxtli bo’ling Man buni chin qalbim bilan Allohdan so’rayman